So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

11 sen 07:01
Yangiliklar

Futbol

"Bavariya" 14 yoshli Yamalni sotib olmoqchi bo'lgan, ammo transfer summasini to'lashga jurat etmagan

Teglar :  Lamin YamalBavariya
"Bavariya" 2022 yilda Lamin Yamalni o'z safiga jalb qilishga harakat qilgan.

Bu haqda Bild gazetasining futbol bo'limi boshlig'i Kristian Falk o'zining "Transfer-Insider" nomli yangi kitobida malum qilgan.

2022 yil fevral oyida "Bavariya" rahbarlari - sport direktori Hasan Salihamidjich va texnik direktor Marko Neppe Yamalning o'sha paytdagi agenti Ivan de la Penya bilan uchrashish uchun Madridga tashrif buyurishgan. Tomonlar de la Penya vakolatidagi Gavining Myunxen klubiga o'tishi imkoniyatini muhokama qilmoqchi bo'lishgan.

Kutilmaganda, suhbat davomida "Bavariya" vakillari etiborni "Barsa"ning asosiy jamoasi bilan mashq qilayotgan 14 yoshli Lamin Yamalga qaratishgan. Falkning aytishicha, myunxenliklar Laminning o'yin lavhalaridan shunchalik tasirlanishibganki, klub rahbariyati futbolchining oilasi bilan tanishish va kelajakdagi transfer uchun zamin yaratishni istagan.

Bir necha oydan so'ng de la Penya Salihamidjichga Yamalning manfaatlarini endi Jorje Mendesh himoya qilishini malum qilgan. Portugaliyalik agent "Bavariya" direktoriga futbolchining transferi taxminan 5 million evroga amalga oshishi mumkinligini aytgan. "Bavariya"da professional futbolda hali bir daqiqa ham o'ynamagan futbolchiga bunday katta mablag' sarflashni xavfli deb baholashgan va masalani 2023 yil yoziga qoldirishgan.

Biroq, 2023 yil aprel oyida Yamal 15 yoshida "Barsa" safida debyut qildi va oktyabr oyida "Barsa" bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing