So’nggi yangiliklar

09:11Ямаль Мессини Марадона ва Пеледан яхшироқ деб ўйлайди 0 08:06Осиё ўйинлари. Ўзбекистонлик спортчилар қайд этаётган натижаларнинг барчаси битта саҳифада (LIVE) 0 22:34Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси ғолиблари Президент томонидан тақдирланди 0 20:42Ўзбекистон Осиё ўйинларида энг кўп боксчи билан ярим финалга йўл олди 0 20:14Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:45"Ғалаба қозонамиз". Сурия терма жамоаси аъзолари Ўзбекистон билан ўйиндан олдин нималар деди? 0 19:13Эртага уч нафар боксчимиз финал йўлланмаси учун жанг қилади 0 19:02Осиё ўйинларининг ўнинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:45Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида ҳам тўртта медалга эга чиқдик! 0 17:11Ўзбекистон футзал МТЖ ФИФА рейтингида пастлади 0 15:47Саидёқуб Қаҳрамонов ва Холмурод Нурматов Душанбеда жанг қилади 0 14:31Жавоҳир Синдаров FIDE Excellence Awards 2026 ғолиби бўлди 0 11:56Мария Тимофеева Портудаги WTA 125 турнири ғолибига айланди 0 10:40Президент Шавкат Мирзиёев шахматчиларни Олимпиададаги ғалаба билан табриклаб, Синдаровга чемпионлик баҳсида омад ёр бўлишини тилади 0 20:23Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0

14 sen 15:27
Yangiliklar

Futbol

"Bavariya" - "Barsa"ning dahshatli tushi: ketma-ket 5 ta mag'lubiyat va 19 ta o'tkazib yuborilgan gol

Teglar :  BavariyaBarselona
Revansh qachon bo'ladi?

"Bavariya" "o'lim guruhi"da o'zini juda ham qulay his qilmoqda — Myunxen jamoasi ikkinchi turda "Barselona" (2:0)ni mag'lub etdi. Nemislar deyarli pley-offda — ular guruhdagi eng qiyin raqiblarni mag'lubiyatga uchratishdi, oldinda "bechora" "Viktoriya" bilan ikki o'yin.

"Barselona" yana xafa — kataloniyaliklar ketma-ket uchinchi yili "Bavariya" bilan o'ynamoqda va ketma-ket uchinchi yili ham muammolarga yo'liqishmoqda.

"Barsa" birinchi taymda yaxshi o'ynadi, ammo keyin "Bavariya" "qo'shdi"

Ispanlar Myunxenga 2020 yildagi 2:8 hisobidagi mag'lubiyat uchun revansh olishga kelishdi. Dastavval ular juda ajoyib ko'rinishdi — Xavi jamoasi xavfli vaziyatlar sodir etdi, Robert Levandovski esa sobiq jamoasiga gol urishga yaqin keldi (hatto ikki bor — birinchi taymda birgina uning xG'si 0,54ni, butun "Bavariya"niki esa 0,32ni tashkil etdi). Ammo, o'yin keyinchalik tenglashdi va tanaffusga qadar hisob ochilmadi.

Kiyim almashtirish xonasidan esa boshqacha "Bavariya" chiqib keldi — ular 54-daqiqadayoq 2:0 hisobida oldinda borishayotgan edi. Avvaliga standart yordam berdi: burchak to'pidan so'ng Markos Alonso Lyuka Ernandesni "qochirib yubordi" va "Atletiko" sobiq o'yinchisi boshi bilan gol urdi.


VIDEO  ECHL. "Bavariya" - "Barselona" 2:0

Ikkinchi golni ham tezda urishdi — myunxenliklar katta tezlik bilan oldinga o'tishdi va Leroy Sane himoyachilar orasida jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va Mark-Andre ter SHtegenni "xafa qildi". Leroyda CHLdagi gollar soni 18taga etdi — u ushbu natija bilan Ronaldinoga tenglashdi.

"Barsa"ni yomon ko'rindi deb bo'lmaydi — ispanlarda vaziyatlar bo'ldi: masalan, Pedri super imkoniyatni yo'qqa chiqardi.

"Bavariya" darvozasi tomon penalti belgilanmadi

"Barselona" vingeri Usmon Dembeleni jarima maydonchasi ichida ochiqdan-ochiq yiqitishdi. Ammo, bu vaziyatga hakamlarga aralashishmadi. Ko'plab ekspertlar va sobiq hakamlar ushbu vaziyatdan yuz foizlik penalti bo'lganini takidlashdi.

SHunday qilib Myunxenda navbatdagi mag'lubiyat — endi 0:2 hisobida.

Xavi bu mag'lubiyatga loyiq emasligini takidladi:

"Biz "Bavariya"dan yaxshiroq edik, ammo ularni juda ko'p bor kechirdik. Ular esa yo'q — barcha farq shunda. Bizda 6-7ta yaqqol golli vaziyatlar bo'ldi, ammo biz gol urmadik.

Birinchi taymda ustunlik to'liq biz tomonda bo'ldi. Natija o'yinda nima bo'lganini anglatmaydi. CHempionlar ligasi shunday. Agar raqibni kechirsang, buning uchun tovon to'laysan. Bu o'yindan ijobiy vaziyatlarni olishimiz kerak deb hisoblayman. Natija — salbiy, shu sabab biz xatolardan o'rganishimiz kerak.

G'alabaga loyiq edik. Bu xatolarimiz sabab loyiq bo'lmagan mag'lubiyatimiz bo'ldi. Biz o'rganishimiz va ishlashda davom etishimiz kerak".

"Bavariya" — "Barsa"ning dahshatli tushi: ularni 2015 yildan beri yutisholmayapti

So'nggi 9ta o'yin — dahshat:

❌2013 yil – 0:4

❌2013 yil – 0:3

❌2013 yil – 0:2

✅2015 yil – 3:0

❌2015 yil – 2:3

❌2020 yil – 2:8

❌2021 yil – 0:3

❌2021 yil – 0:3

❌2022 yil – 0:2

Jamoalar ketma-ket uchinchi yili CHLda uchrashishmoqda.

• Uchrashuvlardan birinchisi 2019/20 yilgi kovid mavsumida ro'y berdi. "Bavariya" va "Barsa" yarim finalda to'qnash kelishdi, ammo hisob 8:2 bo'ldi.

• SHundan so'ng CHL-2021/22'da guruhdagi ikkita o'yin. Kataloniyaliklar ikki bor 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 

• So'nggi uch yildagi to'plar nisbati dahshatli — 16:2

• Qora seriyaga 2015 yildagi o'yinni ham qo'shish mumkin — "Bavariya" 3:2 hisobida g'alaba qozongan, ammo yarim finalning birinchi o'yinida "Barsa" kuchliroq bo'lgandi (3:0) va finalga yo'l olgan edi.

• "Bavariya" doim kataloniyaliklar uchun noqulay raqib bo'lgan — CHLda 12ta o'yindagi 9ta g'alaba va bitta durang.

• "Bavariya"da esa barchasi teskari — "Barsa" ular uchun eng qulay raqib. Endi myunxenliklarda kataloniyaliklarga qarshi 9ta g'alaba bor — ular CHLda bundan ko'p hech kimni mag'lubiyatga uchratishmagan. Ushbu o'yinlardagi to'plar nisbati 30-13'ni tashkil etadi.

"Barselona" muxlislari revanshni 26 oktyabrda kutishlari mumkin.

 "Bavariya" (Germaniya) – "Barselona" (Ispaniya) 2:0

Gollar: 1:0 – 50 Ernandes, 2:0 – 54 Sane.

"Bavariya": Noyer, Pavar (Mazraui, 21), Ernandes, Upamekano, Devis, Zabitcer (Goretcka, 46), Kimmix, Myuller, Mane (Gnabri, 70), Sane (Tel, 80), Musiala (Gravenberx, 80).

"Barselona": ter SHtegen, Kunde, Kristensen (Erik Garsiya, 70), Arauxo, Alonso, Buskets (Kessie, 80), Pedri, Gavi (de Yong, 61), Levandovski, Dembele (Fati, 80), Rafinya (Ferran Torres, 61).

Ogohlantirishlar: Zabitcer (19), Buskets (48), Kimmix (74).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing