13 jan 17:59
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" himoyachi uchun kurashda "Liverpul" va "Manchester Siti"ga jiddiy raqobat ko'rsatmoqda
Yaqinda "Bavariya" tarkibini "Bayer" sobiq himoyachisi Jonatan Ta bilan mutlaqo bepul kuchaytirdi.
Endi esa "rekordmayster" yanada yuqori maqomga ega futbolchi bilan shu kabi usulni takrorlashni istamoqda.
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, klubning sport direktori Maks Eberl so'nggi kunlarda "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexini Myunxenga ko'chishga ko'ndirish uchun bir necha marta qo'ng'iroqlashgan.
Bundan tashqari, bir necha kun oldin Eberl himoyachining agenti bilan nemis grandi bazasida uchrashuv ham o'tkazgan. "Bavariya"ni "Manchester Siti" va "Liverpul" tomonidan bo'layotgan raqobat qo'rqitmayapti — aynan shu klublar Gexini safiga qo'shib olish uchun asosiy davogarlar sifatida tilga olinmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar