26 okt 13:08
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" Top-5 liga klublari orasida tarixdagi eng yaxshi natijani qayd etdi
Kecha "Bavariya" klubi Bundesliga 8-turi doirasida "Borussiya M"ni mehmonda 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Myunxen klubi 2025/26 yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshladi va 13 uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi. To'plar nisbati - 47:9! Bu Evropaning Top-5 ligasi jamoalari uchun tarixdagi eng yaxshi start hisoblanadi.
Nemis klubiga qadar eng yaxshi natijani "Milan" jamoasi 1992/93 yilgi mavsumda qayd etgandi. O'shanda milanliklar ham mavsumning dastlabki 13 o'yinida zafar quchishgandi. Farqi ularda gollar nisbati 45:13 edi.

Havola :
Fikrlar