19 may 15:37
Yangiliklar
BBC: ATR ortidan WTA ham Buyuk Britaniya turnirlarida reyting ochkolarini saqlab qolishga qaror qildi
Avvalroq ATP rahbariyati ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqan edi.
Gap Nottingemdagi WTA-250 turniri (6 iyundan 12 iyungacha), Birmingemdagi WTA-250 turniri (13 iyundan 19 iyungacha) va Istburdagi WTA-500 musobaqasi (19 iyundan 25 iyungacha) haqida bormoqda. Eslatib o'tamiz, Britaniya maysali tennis associaciyasi (LTA) qaroriga ko'ra, rossiyaliklar ushbu turnirlarda qatnasha olmaydi. Xuddi shu narsa «Katta Dubulg'a» turniri – «Uimbldon»ga ham tegishli.
Agar «Uimbldon»ning ochko borasida muqobil qarori bo'lmasa, WTA shafeligidagi turnirlarni Xertogenbos (Gollandiya), Berlin (Germaniya) va Bad-Xomburg (Germaniya) shaharlarida o'tkazilishi mumkin.
Nashrning yozishicha, WTA yaqin kunlarda Uimbldonga qarshi sankciyalar bo'yicha qarorini elon qiladi.
Fikrlar