03 noy 08:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev Las-Vegasda navbatdagi jangini o'tkazdi + FOTO
Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo'ziev bugun AQSHning Las-Vegas shahrida prof ringdagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
Mazkur bahsda hamyurtimizga amerikalik Kley Kollard raqiblik qildi. 8 raundga mo'ljallangan jang to'rtinchi raundda yakuniga etdi. Bektemir to'rtinchi raundda ketma-ket zarbalari evaziga raqibini yiqitdi va hakam jangni yakunladi.
SHu tariqa, Bektemir prof boksdagi uchinchi jangini ham nokaut evaziga o'z foydasiga hal qildi. Kollard esa to'qqizinchi jangida ikkinchi mag'lubiyatini qabul qildi. Qayd etish lozimki, u bungacha nokaut evaziga mag'lub bo'lmagandi. U faoliyati davomida 4 ta g'alaba (1 ta nokaut), 2 ta mag'lubiyat va 3 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Ёки андеркард дегани жанг окшомини бошлаб берадиган жангми.
Бизни давримизда чемпионлик жангидан олдин утказиладиган охирги жанг андеркард дейиларди