29 noy 08:51
Yangiliklar

Bektemir Meliqo'zievning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi
Hamyurtimiz to'rtinchi jangini 13 dekabr kuni AQSHda o'tkazadi. Bek o'sha kuni amerikalik Vaugin Aleksanderga qarshi bahs olib boradi. Bu haqida Bektemir www.olamsport.com sayti muhbiriga xabar qildi.
Malumot uchun, Aleksander shu kungacha prof boksda 18 ta jang o'tkazishga ulgurgan. Ularning 15 tasida g'alaba qozonib (9 ta nokaut), 3 ta jangda imkoniyatni boy bergan.
Bektemir esa professional boksda 3 ta jangda ishtirok etgan va ularning har uchchalasini nokaut evaziga o'z foydasiga hal qilgan. So'nggi jangida u 2 noyabr kuni Kley Kollardni mag'lub etgandi.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Bektemir Oskar de la Xoyyaning "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagandi.
Fikrlar