So’nggi yangiliklar

10:24Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи куни ҳам 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:03Асламжон Ортиқов ONE FC'даги олтинчи ғалабасини қўлга киритди 0 09:42Саиджамшид Жафаров проф боксда дебют қилади. Сана, манзил ва рақиб маълум! 0 09:21"Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик 0 09:00Ўзбекистон чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:39Конор Макгрегор жинсий тажовузда айбдор деб топилди, унга катта жарима белгиланди 0 08:18Манба: Шаҳрам Ғиёсовнинг Эймантас Станионисга қарши чемпионлик жангининг эҳтимолий санаси ва манзили маълум 0 07:54"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 07:32Оғир атлетикачиларимиз жаҳон чемпионати ўтказиладиган Баҳрайнга жўнаб кетишди 0 20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0

19 may 21:55
Yangiliklar

Kurash, Boshqalar

Bel olish kurashning bizgacha etib kelgan amallari haqida nimalarni bilasiz?

Teglar :  Bel olish
Qadimda qo'llanilgan kurash sport turining amallari bizgacha etib kelgan.

Ular burov, qayirma, qaytarma, chala-qaytarma, yonbosh, ilish, to'sish, aylantirish (tegirmon), uloqtirish, chap tizzaga mindirib tashlash (betga tashlash), bosma, chayqatish (siltash), kiftlash, qo'shala-yonbosh, to'g'anok. chalish atamalari va boshqa bir qancha amallar azaldan qo'llangan. Ana shu nomlar uzoq, yillik izlanishlar natijasida tiklangan bel olish kurashi amallarining bir qismidir. Ammo ular qachon va qaysi davrdan shunday nomlangani malum emas.

Albatta, bu nomlar turkiy so'zlar bo'lgani bois hozirgacha bir qancha turkiy millatlarda, ayniqsa, ularning eng ko'pi Markaziy Osiyo davlatlarida saqlanib qolgan. O'zbeklarda kurash ilmi kitobi bo'lganini quyidagi manbadan bilsa ham bo'ladi:

“1937 yil “Guliston” jurnalida “Kurash hadisi” — kurash ilmi xaqida bir parcha elon qilingan. O'sha davrda jurnal lotin imlosida bosilgan bo'lib,unda shunday deyiladi: “Kurash hadisini puxta bilgan farg'onalik Xojimat polvonning aytishicha, bel olish kurashida qo'l-oyoq bilan bel kuchigina ish beradi, polvonlar kuchni uchga bo'lib qaraydilar:

– suyak kuchi eng asosiy kuch hisoblanib, chandir va paylarning pishiqligiga bog'lik. 20-25 yoshli polvonlarda bu kuch yaxshi natija beradi. Suyak kuchi semirishni ko'tarmaydi, polvon­lar semirsa, kurashdan qoladi.

– muskul kuchi bo'lib, suyak kuchi ham shu muskul kuchidan ayri narsa emas, lekin polvonlar buni yaxshi farqlaydi. Go'sht kuchi 25-50 yoshli odamlar orasida rivojlanib, polvon uzoq yil kurash tusholmaydi. Lekin ko'p mashq qilib, kurashib o'zini pishitganlar umrining oxirigacha polvonlik qiladi. Aksar mashxur polvonlar shu guruhdan chiqadi, deyishadi.

– belbog' kuchi 18-20 yosh orasida bo'lib, bu pol­vonlar tez so'nib qoladi.

Kurash ilmini bir maromda o'rganganda ulardan ham uzoqyillar davomida kurashadigan polvonlar chiqadi, lekin ularning soni ozchilikni tashkil qiladi. Kurashda kuch bilan baravar, balki undan ham ortiqroq rolni kurash hadisi o'ynaydi. Kurash ilmi deganimiz kurash hunari bo'lib, jiddiy mashqni talab qiladi. Pol­vonlar o'rtasida kurash ilmini biluvchilar etiborli hisoblanadi. Unda har qaysi ustaning o'ziga yarasha amali, usuli bo'ladi. 1930 yili Namangan saylidagi bel olish kurashida G'ofir polvon o'zining “tegirmon” (aylantirish) usuli bilan taniladi. Bunda u polvonning belini ushlagan va to'xtamasdan chirpirak qilib aylantiradi. SHu yordamida toshkentlik mashxur Ulan polvonni yiqitadi. Ketma-ket bir nechta polvonni ham mag'lub qiladi. Nihoyat, toshkentlik shaxsi nomalum polvon G'ofir kurashchiga bas kelib, o'zining usuli bilan G'ofir polvonni yiqitadi.

Bel olish kurashida to'n kiyiladi. Yalang oyoq bo'lib, ikki bilakni bir aylantirib olarlik darajada belbog' bog'lanadi. Kurash ilmining tavsifi bo'yicha kuchi (malakasi), yani gavdalari bir-biriga moskeladiganlar kurashga tushadi. Kurashchilar bir-birini qoidaga muvofiq ushlab olmagunga qadar harakatni boshlamaydi. Bel olishgach, har ikkisi butun kuch va polvonlik mahoratini ishga soladi. Bir-birini chayqatib sinab ko'radi. Bel olishda Farg'onada, Qo'qonda yoxud Toshkentda oyoq bilan chalib yiqitish, ko'tarib olmasdan yonboshga va burib yiqitishlarga yo'l qo'yilmaydi.

Bu bilan biz bel olish kurash turi ilmigagina xos bir malumot berdik. Umuman olganda, “Kurash ilmi” kitobida kurash amallari, qonun-qoidalari, atamalar, jismoniy tarbiya mashqlari, mashg'ulot o'tkazish, odob-axloq, tarbiya, to'g'ri ovqatlanish hamda kurash malakasi xullas bir qancha yo'nalishlarga ega bo'lgan tushunchalar bayon qilingan.

Ana shuning uchun ham bel olish ilmini o'rgatuvchi murabbiylar o'z amali bo'yicha tarbiya bergan. Bo'nga ko'plab misollar keltirish mumkin: XIX asrda yashagan tatar botiri SHahobiddin Marjoniy bir marotaba mag'lub qilgan odami bilan boshqa kurashmagan. Turkman pahlavoni Annadurdi Yagsurar (yog'ichuvchi) har doim bel olish kurashidan oldin eritilgan yog'ni istemol qilib, polvonlarni enggan va doimo shu odatga amal kilgan. Qozoq pahlavoni Mumin Qo'nishboy o'ziga ishonib, zo'r pahlavon bilan ahdlashib (shartlashib) bel olishga tushgan.

XX asr boshlarida yashagan parkentlik Abdurahmon polvon sayillarda birov bilan bel olishishga talabgor bo'lmay, aksincha, odob yuzasidan o'zi bilan kurashuvchilarni talab qilgan. Bag'dodlik (Farg'ona viloyati) Qo'shok pahlavon esa zabardast pahlavonlar uchun o'zining bel siquv hunarini ishlatgan. Qirg'izistonlik mashxur Abdurahmon pahlavon og'ir vaznli polvonlar bilan bel olishganda langar tashlab, muvozanatni saqlab, yani oyoqda tushib bosib qolish amallari bilan hammani qoyil qoldirgan. Ana shu sanab o'tilgan pahlavonlar o'z ixtiyori bilan mag'lubiyatga uchragan kishilar bilan bel olishmaslikni,o'ziga ishonib, axdlashib belolishishni o'ziga odat qilgan. Boshqa polvonga talabgor bo'lmay o'ziga talabgor so'rashnio'zlari hohlagani uchun emas, bel olish ilmini ustozlaridanpuxta egallaganidan deb tushunish kerak. Bugungi zamonaviy bel olish kurashini mukammal egallash uchun oldindan yozilgan va amalda qo'llanilgan kurash ilmidan foydalanish ijobiy samara berishi tayin.

Kurashning qadimiy manosi – zo'riqish belga borib taqaladigan, bir qancha yo'nalishlarni o'zida mujassam qilgan hamda belbog'dan ushlab amallarga tayanib raqibning elkasini erga tekkizishning barchasi kurash hisoblanadi. Kurashning asl manosi, bu – yiqitish.

Olishning manosi – Maqsadga erishish uchun har qanday raqibga jismoniy kuch ishlatish paytidagi harakat, bu — olishdir. SHuningdek, zuriqishlar belga borib taqalgan belbog'ni ushlab bajariladigan amallarning barcha turlari bel olish kurashidir. Olishning asl manosi kuch ishlatishdir. SHuningdek, “Bel olish kurash” turining asl manosi belga kuch ishlatib yiqitishdir.

Amal–harakat davomida biron-bir natijaning ko'rinishi amal deyiladi. Anikroq qilib aytganda, biron-bir harakat natijasida raqib cho'kkalatilsa, o'tqazib qo'yilsa, bir elkaga yoki ikki elkaga yikitilsa, bularning barchasini amal deyish mumkin.

To'n (chopon) –kurashchining ust kiyimi. Uning uzunligi tizzagacha, qora, ko'k, qulrang, ola va boshqa ranglarda bo'ladi.

Yaktakning vazifasi – kurash paytida badandagi terni o'zida saqlab qolish hamda avratni yopib turishga mo'ljallangan ko'ylak. Rangi oq, uzunligi chopondan 5-10 sm kalta bo'lib, kurashda chopon ichidan kiyiladigan kiyim.

SHalvarning vazifasi – uzunligi oyoq to'pig'igacha bo'lgan oq shalvarning yuqori qismi ishtonbog' bilan qisib bog'lanadi. U keng, kurashda bemalol o'tirib-turish va oyoqni erkin ko'tarishga imkon beradi.

Izlanishlar hamda qator mamlakatlardagi olimlar, shu sohaning mutaxassislari, kurash sport turida uzoq yillar polvonlik qilgan keksa nuroniylar bilan suhbatlar davomida bel olish kurashi bo'yicha juda ko'p faktlarga duch keldik. Tadqiqotlar natijasida kurash sport turiga oid ko'plab malumotlar mavjud ekaniga amin bo'ldik. Bel olish kurashining nomlanishi, kurashda kiyiladigan kiyimlar, belbog'ning vazifasi, amallarning qanday mano anglatishi masalasida o'rganilayotgan muammo echimiga qator aniqliklar kiritishga muvaffaq bo'ldik.

Humoyun OMONOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing