20 okt 08:56
Yangiliklar

Rasman! UFC Carukyan - Xuker va yana bir qiziqarli jangni tasdiqladi + POSTER
Unda kutilganidek, engil vazn toifasi vakillari asli armanistonlik, hozirda Rossiya sharafini himoya qilayotgan 28 yoshli Arman Carukyan amaerikalik 35 yashar Den Xukerga qarshi oktagonga chiqadi. Oqshom doirasidagi yana bir qiziqarli jang sobiq UFC chempioni Belal Muhammad hamda Garri Machado o'rtasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Carukyan 2019 yilda UFC ligasida debyut qilgan. So'nggi jangini 13 aprel kuni Las-Vegasda tashkil etilgan yubiley UFC 300 turnirida braziliyalik sobiq chempion CHarlz Oliveyraga qarshi o'tkazib, hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongandi.
Den Xukerning MMAdagi rekordi 24 g'alaba, 12 mag'lubiyatdan iborat. Janglarining 18 tasini muddatidan avval yakunlagan. Yangi zelandiyalik atlet oxirgi jangini 2024 yilning 17 avgust kuni Avstraliyaning Pert shahrida tashkil etilgan UFC 305 turnirida polshalik Mateush Gamrotga qarshi o'tkazib, hakamlarning ayri qarori bilan zafar quchgandi.
Fikrlar