05 apr 07:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Belarus rasman Xabib - Toni jangi mezbonligiga rozilik berdi, UFC ham!
Aralash qoidalar bo'yicha UFC 249 turniri Belarus davlatida o'tkazilishi mumkin.
Belarus qo'l jangi va aralash yakkakurash federaciyalari ijrochi direktori Maksim Korolkov mamlakat hukumati UFC 249 turnirni o'tkazishga rozilik berganini malum qildi.
"Ha, biz UFC promousheniga rasmiy taklif bilan chiqdik. Do'stlarimiz va o'rtadagi insonlar orqali UFC rahbarlari bilan bog'landik. Ularga Belarus prezidenti ommaviy tadbirlarni bekor qilmaganini aytdik. Bizga hukumatning o'zi kafolat berdi. Endi hamma gap UFC tashkilotining o'zida qoldi. Dana Uayt turnirni Belarusda o'tkazish bo'yicha og'zaki rozilik berdi. Lekin bilishimcha, Minsk ikkinchi variant bo'ladi. Ularda A varianti ham bor ekan", - dedi Korolkov.
Havola :
Fikrlar