06 apr 08:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Belarus "UFC 249"ga mezbonlik qiladimi? Savolga mamlakat rasmiylari javob berishdi
Belarus sport vazirligi UFC 249 kechasi mezbonligi bo'yicha tarqatilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
"Belarus sport va turizm vazirliklari ushbu turnir mezbonligi haqida o'ylab ham ko'rmagan. Bu mavzu hukumat darajasida ham ko'tarilmagan", - deyiladi rasmiy bayonotda.
Avvalroq, UFC hamda Belarus hukumati Toni Fergyuson va Xabib Nurmagomedov o'rtasidagi jangni Minskda o'tkazishga rasman rozi ekanligi malum qilingandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar