17 iyu 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator UFC go'zali bilan shartnoma imzolamoqchi
UFC jangchisi Peydj VanZant Amanda Ribasga qarshi jangdagi mag'lubiyatidan so'ng Bellator bilan shartnoma tuzishi mumkin.
Bu haqida liga rahbari Skott Koker malum qildi.
"Bizda hozircha muzokaralar o'tkazilgani yo'q. Lekin, u bilan, uning eri va menejerlari bilan aloqa o'rnatganmiz. U Abu-Dabidan qaytganidan so'ng aloqaga chiqamiz.
Eshitishim bo'yicha, unda biroz omadsizlik yuzaga kelgan. Biz VanZant bilan ishlashni istaymizmi? U bilan gaplashib olishimiz kerak. Ushbu masalani muhokama qilish uchun barcha ishni qilamiz", - dedi Koker.
Malumot uchun Ribasga qarshi jang VanZant uchun UFCdagi shartnoma bo'yicha oxirgi jang bo'lgandi.
Avvalroq shuningdek, u UFCdagi gonorarlari kamligidan shikoyat qilgandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar