05 apr 19:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator va UFC chempioni keyingi jangini boks bo'yicha mutlaq jahon chempioniga qarshi o'tkazadi
Sobiq Strikeforce, UFC va Invicta FC promoushenlari chempioni, ayni paytda yarim engil vazn toifasida Bellator chempioni Kris Sayborg keyingi jangini professional boks qoidalari asosida o'tkazishini malum qildi.
Braziliyalik sportchining raqibi mutloq jahon chempioni Sessiliya Brekxus bo'ladi.
"Hozirda boks mashg'ulotlarini o'tkazyapman. Juda katta ehtimol bilan keyingi jangimni professional boks qoidalari asosida o'tkazaman. Raqibim mutlaq jahon chempioni Sessiliya Brekxus bo'ladi. Men ham, Sessiliya ham bu jangga rozi. Ishoning, muxlislar ajoyib jang guvohiga aylanishadi", - deya Sayborgning so'zlarini keltirmoqda BoxingScene.
Havola :
Fikrlar