09 iyu 09:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Ben Askren: Makgregor ketmaydi - u narxini oshiryapti
Sobiq UFC jangchisi Ben Askren irlandiyalik Konor Makgregorning faoliyatini yakunlaganiga ishonmasligini malum qildi.
Askrenning so'zlariga ko'ra, Konor shu yo'l bilan savdolashyapti, o'zining narxini oshirishga intilyapti.
"Makgregor ketmaydi, uning taktikasini hamma anglab etib bo'ldi. U shunchaki savdolashyapti. SHaxsan men iyul oyida Konor Makgregor va Jastin Getji o'rtasida "Jangchilar oroli"da jang o'tkazilishini kutyapman", — deya "Tvitter"da xabar qoldirgan Ben Askren.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha Konor Makgregor uchinchi bor faoliyatini yakunlayotganini elon qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar