So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

26 jan 09:42
Yangiliklar

Futbol

Bernardu Silva "Barselona"ga o'tmoqchi, ammo kataloniyaliklar ikkilanishmoqda

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini "Barselona"da davom ettirish istagida.

Portugaliyalik futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi yakuniga etmoqda. U Saudiya Arabistonidan kelayotgan manfaatli takliflarga qaramay, yuqori darajada qolishni istamoqda. "Diario Sport" nashrining xabariga ko'ra, Silva o'z agenti Jorje Mendesh orqali "ko'k-anorranglilar"ga o'tishga tayyor ekanligini malum qilgan.

Bernardu anchadan beri kataloniyaliklar qiziqishlar doirasida bo'lib kelgan. Avvalroq "Barsa" uni sotib olishga yaqin kelgan, biroq avval Rafinya transferi ustuvor deb hisoblangan, keyinchalik esa maoshlar limiti sababli kelishuv amalga oshmay qolgan edi.

Hozirda "Barselona" rahbariyati ushbu transfer borasida bir qarorga kela olmayapti. Klubdagi manbalarning takidlashicha, yangi loyiha doirasida markaziy chiziqni kuchaytirish rejalashtirilmagan: asosiy urg'u o'z tarbiyalanuvchilariga qaratilmoqda. Mavjud mablag'lar hujum chizig'i yoki markaziy himoyachi uchun sarflanishi mumkin.

Bernarduga boshqa klublardan ham takliflar bor. Xususan, "Yuventus" va "Benfika" futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Biroq portugaliyalik yulduz APLdagi faoliyati yakunlandi deb hisoblamoqda va Barselona shahriga ko'chib o'tishni istaydi. CHunki bu erda uning yaqinlari istiqomat qiladi.

Yakuniy qaror esa "Barselona"ning kelgusi rejalariga bog'liq bo'lib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing