So’nggi yangiliklar

17:24"Агар Махачев ярим ўрта вазн чемпиони бўлса, мен ҳам кўтариламан" - Топурия 0 17:02"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди 0 16:39UFC собиқ чемпиони полицияда ишламоқда (ФОТО) 0 16:16Саблячи қизларимиз ҳам Осиё чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:53Махачев: "Тез орада катта янгиликлар бўлади" 0 15:26Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин 0 15:02Топурия: "Оливейрани биринчи раундда финиш қиламан" 0 14:39UFC Baku: Бугун ўтказиладиган турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:18Billie Jean King кубоги. Ўзбекистон Сингапурга қарши 7-8-ўринлар учун кортга чиқди 0 13:57Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор 0 13:36UzChess Cup. Учинчи тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 13:15Эркин курашчиларимиз Осиё чемпионати шоҳсупасида + ФОТО 0 12:54Дукентда Европа Кубогига тайёргарлик кўраётган дзюдочи қизларимизнинг машғулотидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:33Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 12:12Berlin Tennis Open. Арина Соболенко 4 та матчболдан чиқиб кетди 0

18 fev 12:28
Yangiliklar

Tennis

Besh soat ichida ikki uchrashuvda g'alaba qozongan Sultonov Portugaliya turniri finalida!

Portugaliyaning Vila-Real-di-Santu-Antoniu shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi ITF turniri bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi va ikkinchi raketkalari Humoyun Sultonov hamda Sergey Fomin ham ishtirok etyapti. Fomin yakkalikning 1/4 finalida bo'lajak finalchi, ispaniyalik Martin Landalusega 1/6, 6/7, tay-brekda 10:12 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Kecha Fomin va Sultonov birgalikda juftlik bahsida ham kortga chiqishdi va portugaliyalik tennischilarga yutqazib qo'yishdi. Humoyun juftlikdan tashqari yana ikkita yakkalik uchrashuvida ham kortga chiqdi va har ikkisida ham g'alaba qozonib, musobaqaning finaliga yo'l oldi.    

Sultonov avvaliga 1/4 finalda ispaniyalik Karlos Lopes Montagudni qiyinchilik bilan 7/6(7), 5/7, 7/6(4) hisoblarida mag'lub etdi. Yarim final uchrashuvida esa braziliyalik Karue Selldan ortiqcha qiyinchiliksiz ustun keldi - 6/3, 6/0. 

Bugun hamyurtimiz musobaqa bosh sovrini uchun Martin Landalusega qarshi kortga chiqadi. Ispaniyalik bu tennischi chorak finalda Sergey Fominni yutgandi. Sultonov - Landaluse bahsi bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi. 

Taqqoslash uchun, turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Sultonov ATP reytingida 354, Montagud 430, Sell 666, Humoyunning finaldagi raqibi Landaluse 465-pog'onani egallab turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing