So’nggi yangiliklar

07:32Миллатлар лигаси. Италияда йирик мағлубият, Зидан шогирдлари зафар қучишди, Испания ниҳоят ютқазди 0 07:01Шара Буллет UFC`да 100 миллионга жангда ютқазишни таклиф қилишгани ва ҳатто рақибни ҳам айтиб ўтди 0 18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0

09 noy 11:45
Yangiliklar

Boshqalar

Besh tashabbus olimpiadasi: CHirchiqda eng kuchli stritbol jamoalari aniqlandi

SHu kunlarda mamlakatimizning turli hududlarida “Besh tashabbus olimpiadasi“ning respublika bosqich musobaqalari o'tkazilmoqda.

Sportning stritbol turi bo'yicha musobaqaning “A“ liga respublika bosqichi bahslari CHirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etildi. Uch kun davom etgan qiziqarli bellashuvlar ishtirokchilarda musobaqa ko'nikmasi oshishiga sabab bo'lgan bo'lsa, ishqibozlarga katta sport zavqini tortiq etdi.

Mahoratli sportchilarni aniqlash, saralash bilan birgalikda ommaviy sport rivojiga katta hissa qo'shgan bellashuvlar sarhisobiga ko'ra, 16-21 yoshli o'g'il bolalar o'rtasida umumjamoada Toshkent viloyati, 22-30 yosh toifasida Namangan viloyati jamoasi g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi. Sovrinli o'rinlar Farg'ona, Andijon, Jizzax viloyatlari va poytaxt jamoalariga nasib etdi.

Musobaqaning ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda umumjamo bo'yicha 16-21 yoshlar toifasida Toshkent viloyati, 22-30 yoshlar toifasida esa Surxondaryo viloyatining stritbolchilari 1-o'rinni egallashdi. 2-3-o'rinlardan Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent hamda Andijon viloyatlaridan kelgan jamoalar joy oldi. Respublika bosqichida g'olib va sovrindor bo'lganlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Eslatib o'tamiz, stritbol bitta basketbol halqasida yarim maydonda o'tadigan musobaqa bo'lib, 1950 yillari Amerika Qo'shma SHtatlarda paydo bo'lgan. Jamoalar 3 nafardan iborat sportchi bilan bahslarda ishtirok etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing