17 iyu 15:23
Yangiliklar
Tennis
"Billi Jin King kubogi". So'nggi turda Malayziyaga imkoniyat boy berildi
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tennis bo'yicha ayollar terma jamoalari o'rtasida "Billi Jin King kubogi" ananaviy musobaqasi Osiyo-Okeaniya II guruh bahslari davom etmoqda.
Qizlarimiz musobaqaning so'nggi turida Malayziya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi.
Avvaliga Sabrina Olimjonova Jo Lin Savga qarshi bahs olib bordi va 6:3, 4:6, 1:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Dariya SHubina esa Elza Van ustidan 5:7, 7:6, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi.
Juftlik bahslarida esa SHahnoza Marimova/Dariya SHubina tandemi 2:6, 6:0, 9:11 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
SHu tariqa, Malayziya bilan bahsda 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi.
Vakillarimiz endi ertaga 4-6-o'rinlar uchun o'tkaziladigan uchrashuvlarda ishtirok etishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar