16 iyu 18:25
Yangiliklar
Tennischi qizlarimiz "Billi Jin King kubogi"dagi ishtiroklarini g'alaba bilan boshlashdi
Musobaqada O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Mamlakatimiz sharafini Sevil Yuldasheva, Nigina Alimova, Fotima Mahmudova va Keyra Kim himoya qilmoqda.
Kecha vakilalarimiz musobaqadagi ilk o'yinida kortga chiqib, SHri-Lanka ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Yakkalik bahslarida Nigina Alimova Yuansa Peyrisni 6:1/6:3, Sevil Yuldasheva Dinara De Silvani 6:1/6:3 hisobida mag'lub etib, jamoamizga muhim ikki ochkoni taqdim etdi.
Juftliklar uchrashuvida esa Keyra Kim va Fotima Mahmudova raqiblariga qarshi munosib qarshilik ko'rsatishdi, biroq uchrashuv taqdirini hal qilgan super tay-brekda imkoniyatni boy berishdi — 3/6, 7/5, 8/10.
Ertaga tennischilarimiz bir kunning o'zida uchta o'yinda qatnashadi:
Xitoy Taypeyiga qarshi;
Laosga qarshi;
Malayziyaga qarshi.
Fikrlar