26 iyu 13:13
Yangiliklar
Ayollar terma jamoamiz Billi Jin King kubogidagi ishtirokini o'tgan yilgi natijasini yaxshilagan holda yakunladi
Terma jamoamiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli chiqib, Asia/Oceania Group I yo'llanmasi uchun pley-off bahslarida ishtirok etdi.
Yarim finalda O'zbekiston terma jamoasi Filippinga qarshi kortga chiqdi. Birinchi yakkalik uchrashuvida Nigina Alimova Tennielle Madisga 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi yakkalik bahsida esa Sevil Yo'ldasheva SHaira Riverani 6:3, 7:5 hisobida mag'lub etib, umumiy hisobni tenglashtirdi.
Hal qiluvchi juftlik uchrashuvida Nigina Alimova va Sevil Yo'ldasheva Aleksa Joy Milliam hamda SHaira Riveraga qarshi bahs olib borishdi. Murosasiz kechgan uchrashuv 6:4, 3:6, 6:10 hisobida yakunlandi va Group I yo'llanmasi super tay-breykda hal bo'ldi.
Natijada O'zbekiston terma jamoasi kelasi mavsum ham Asia/Oceania Group II musobaqasida ishtirok etadigan bo'ldi.
SHunga qaramay, jamoamiz o'tgan yilgi natijasini sezilarli darajada yaxshiladi. Agar 2025 yilda O'zbekiston 8-o'rinni egallagan bo'lsa, bu yil guruh bosqichidan muvaffaqiyatli chiqib, turnirning eng kuchli to'rt jamoasi qatoridan joy oldi hamda Asia/Oceania Group I yo'llanmasi uchun oxirigacha kurash olib borib, hal qiluvchi juftlik uchrashuvidagi super tay-breykda imkoniyatni boy berdi.







Fikrlar