09 avg 08:57
Yangiliklar
UFC Fight Night 284. O'n nafar jangchi bonusga loyiq ko'rildi
Jami 24 jangchidan 10 nafari kafolatlangan gonorardan tashqari mos ravishda 100 000 va 25 000 AQSH dollari miqdoridagi bonus, yani mukofot pullariga ega chiqishdi. Oqshomning asosiy jangida Mateush Gamrotni birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli evaziga taslim etgan avstraliyalik 26 yoshli nokautchi Kuillan Salkilld 100 000 dollarlik bonusni qo'lga kiritdi.
"Oqshom chiqiishi" uchun ikkinchi 100 000 dollarlik chek amerikalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Tay Millerga nasib etdi. U vatandoshi Billi Goffni uchinchi raundning 15-soniyasida finish qildi.
"Oqshomning eng yaxshi jangi" sifatida liga faxriylari Diego Ferreyra va Billi Kuarantillo o'rtasidagi to'qnashuv tan olindi. Turnirning co-main event jangi to'liq uch raund davom etib, yakunda braziliyalik engil vazn toifasi vakili Ferreyraning ochkolar hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi.
SHuningdek, raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan Yadier Del Valle, Tay Miller, Joze Montanya, Mayls Jons, Juliana Miller va qozog'istonlik Diyar Nurgojay 25 000 AQSH dollari miqdoridagi bonusga ega chiqdi.

Fikrlar