So’nggi yangiliklar

19:10Суперлигада мураббийлар "рокировкаси": танаффусдаги кутилган ва кутилмаган тайинловлар 0 18:37Хабиб Нурмагомедов ЖЧ–2026нинг рамзий терма жамоасини тузди. Унда Месси ва Роналду йўқ 0 17:53Асу Алмабаев RAF Лигасидаги илк жанги эълон қилинди 0 17:26Музаффаров ва Холдаров Ереванда илк жангларини ўтказишди 0 16:54Винисиус косметик операция қилдирди 0 16:25Қозоғистонлик Жаҳон чемпиони Жанибек Алимханули бошқа вазнга ўтаётганини эълон қилди 0 15:57Мария Тимофеева Прагада муваффақиятли старт олди 0 15:25Богдан Гусков ва Рамазон Темиров UFC Abu Dhabi турнири олдидан медиа тадбирлардаги иштирокини бошлашди 0 14:49ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси "Реал"га ўтмоқчи 0 14:13Пара академик эшкак эшувчиларимизнинг кейинги манзили Германия бўлади 0 13:37Ёш сузувчиларимиз қитъа биринчилигида яна олтин ва бронза медаллари билан тақдирланишди 0 13:09Ҳумоюн Тўхтамуродов бразилиялик спортчи билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:42ФИФА ЖЧ-2026'да қанча даромад топди? 0 12:05Оливейра Махачевга маслаҳат берди 0 11:38Таэквондочиларимиз Жанубий Кореядаги халқаро турнирни 3 та медаль билан бошлашди 0

10 may 21:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Bilol yoki Maddalena? Olamsport.com jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi

Ertaga tongda Kanadaning Monreal shahrida MMA bo'yicha UFC 315 musobaqasi tashkil etiladi.

Musobaqaning markaziy bellashuvida yarim o'rta vazn chempioni Bilol Muhammad avstraliyalik davogar Jek Della Maddalena bilan bahs olib boradi.

Olamsport.com jurnalistlari ushbu jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Kamoliddin Alimov (Olamsport.com bosh muharriri):

"Ikkisi ham deyarli bir yil jang qilmadi, ikkisini ham jangi qoldirildi o'rtada. Raqobatbardosh jang bo'ladi. Maddalena ettita jangdan beri yutqazmay kelyapti, lekin tajriba yuzasidan Bilol ustunroq. SHu yuzasidan imkoniyatlar 55 % ga 45 %, ustunlikni Bilolga bergan bo'lardim. Jek ham o'z imkoniyatidan maksimal foydalanishga harakat qiladi. SHunday ekan, bu jangga taxmin bildirish qiyin ekan. Lekin chempion Bilolning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Jang to'liq davom etsa kerak".

Aziz To'xtamurodov (Olamsport.com muharriri):

"Bilol Muhammad nihoyat kamarini himoya qiladi. Uning SHavkat Rahmonov bilan jangini kutgandim. Ammo hozircha bu jang tashkil etilmadi. Maddalenaga qarshi jangda Bilol tajriba bobida ustun hisoblanadi va jangni nazorat qilsa kerak. SHuningdek u Nurmagomedovlar jamoasi bilan shug'ullanib, kurashini yanada kuchaytirib olgan bo'lishi kerak. Taxminim: Bilol Muhammad ochkolar evaziga g'alaba qozonadi. P.S: Engil vaznda Maxachev - Topuriya jangini ko'rishni istayman :)".

Sarvinoz Raxmonqulova (Olamsport.com jurnalisti):

"Bu jangda Bilol Muhammad yutadi. Unga muxlislik qilaman".

Diyorbek Mavlonov (Olamsport.com jurnalisti):

"Muxlislik borasida menda har ikki jangchiga nisbatan umuman simpatiya yo'q. Lekin Maddalenaning faoliyatini o'rta vazndagi chempion — Drikyus Dyu Plessinikiga o'xshtaman, ko'pchilik past baho beradi, lekin u muxlislarga aksini ko'rsatadi. SHunday ekan, ertangi jangda men ham autsayder sifatida ko'rilayotgan Jek Della Maddalenadan g'alaba kutaman".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing