12 may 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Bilolbek Mirzarahimov Xabarovskda shohsupaga ko'tarildi
Xabarovskda boks bo'yicha Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir yakuniga etib bormoqda.
Hozirgina -69 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan bokschimiz Bilolbek Mirzarahimov rossiyalik Ivan Stupinga qarshi final jangini yakunladi. Bokschimiz jang davomida to'liq ustunlikka erishdi. Uchinchi raundga kelib ketma-ket o'tkazib yuborilgan zarbalar evaziga rossiyalik bokschi jarohat oldi va jang to'xtatildi. Yakunda Bilolbek g'alaba qozonib, musobaqa oltin medaliga ega chiqdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq -52 kg vaznli bokschimiz Abrorjon Qodirov oltin medalga ega chiqqandi.
Birozdan so'ng +91 kg vazn toifasda yana bir yurtdoshimiz Lazizbek Mullajonov final jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar