11 may 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Bilolbek Mirzarahimov Xabarovskdagi musobaqa yarim finalida jang o'tkazdi
Rossiya Federaciyasining Xabarovsk shahrida boks bo'yicha Sovet Ittifoqi qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
Bugun musobaqada yarim final janglari o'tkazilmoqda. -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bilolbek Mirzarahimov rossiyalik Maksim Rojkovga qarshi ringga ko'tarildi.
Jangda tashabbusga ega bo'lgan bokschimiz raqibini mag'lubiyatga uchratdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Birozdan so'ng musobaqa doirasida +91 kg vazn toifasidagi bokschilarimiz Ulug'bek Mubinov va Lazizbek Mullajonov ringga ko'tariladi. Bokschilarimiz yarim finalda g'olib bo'lsalar, finalda o'zaro to'qnash keladilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar