So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

29 sen 15:50
Yangiliklar

Boshqalar

Bir guruh jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari mukofotlandi

Teglar :  Taqdirlash
Matbuotda “1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan talim-tarbiya tizimida alohida o'rnak ko'rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni elon qilindi.

Farmonga ko'ra, mamlakatimizda talim tizimini rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o'rgatish yo'lidagi ko'p yillik samarali mehnati, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jismoniy va manaviy jihatdan barkamol avlodni shakllantirish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvonlar berilishi belgilab qo'yilgan.

Quvonarlisi, yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo'lgan yurtdoshlarimiz qatorida bir guruh jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarimiz ham bor.


«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi»:

Abunasova Roziya To'raevna – Peshku tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo'yicha murabbiyi, Buxoro viloyati;

Xolodova Natalya Yurevna – Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabining engil atletika bo'yicha murabbiyi;


II darajali «Sog'lom avlod uchun» ordeni bilan:

Ilov Aslan Nurovich – O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori;

Ochilov SHuxrat Saidovich – Buxoro tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori, Buxoro viloyati;


«Do'stlik» ordeni bilan:

Ashurov Qahramonjon Xayidboevich – So'x tumanidagi 15-umumiy o'rta talim maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi, Farg'ona viloyati;

Vlasova Liliya Vildanovna – Gimnastika bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo'yicha murabbiyi;

CHashemov Mansurbek Xalbaevich – Qoraqalpog'iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabining og'ir atletika bo'yicha murabbiyi;


«SHuhrat» medali bilan:

Rasulov Baxram Narimanovich – Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sambo kurashi bo'yicha murabbiyi, Andijon viloyati.

Biz barcha mukofotlanganlarni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi nomidan samimiy muborakbod etgan holda masuliyatli, shu bilan birga sharafli kasbida hamisha omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing