25 mar 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Nihoyat! O'zbekistonlik jangchi Erkebulan Toktar bilan to'qnash keladi (POSTER+VIDEO)
25 may kuni Aktau (Qozog'iston) shahrida qo'lqopsiz janglar bo'yicha Urban Fighting turniri o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangi elon qilindi.
Unga ko'ra, Qozog'istonning Octagon League tashkilotida BMF yo'nalishi bo'yicha chempion bo'lib turgan qozog'istonlik Erkebulan Toktar turnir doirasida hamyurtimiz Abdumalik Yorbo'taev bilan jang qiladi. Bahs qo'lqopsiz janglar qoidasi asosida o'tkaziladi.
Ushbu jang o'tkazilishini Yorbo'taevning ham o'zi tasdiqlagan. Faqat buning uchun u ham, Toktar ham shu hafta yakunida o'tkaziladigan janglarida g'alaba qozonishlari shart. Ularning ikkisi ham bir turnir kardida jang o'tkazadi.
Avvalroq, Urban Fighting turnirida o'zbekistonlik Bobur Abdulazizov Qozog'iston vakili Damir Rahimjonov bilan jang qilishi haqida xabar bergan edik.

Havola :
Manba : urban.fighting
Fikrlar