23 iyu 15:03
Yangiliklar
Nima? "Paxtakor" futbolchisini o'ldirish bilan tahdid qilishmoqda
Gollarning ikkinchisi "Paxtakor"ning iroqlik himoyachisi Zaid Tahsinning xatosidan so'ng kiritildi. SHuningdek, Tahsin Norvegiyaga qarshi kechgan uchrashuvda ham juda qo'pol xatoga yo'l qo'ygan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda iroqlik muxlislar Tahsinni yomon ko'rib qolishdi. Ular futbolchiga vatanga qaytmaslikni maslahat berishmoqda va hatto ochiqchasiga tahdid qilishmoqda:
"Tahsin, Iroqqa qaytma, oshna".
"Men boshqa hech qachon Tahsinni Iroq terma jamoasi libosida ko'rishni xohlamayman".
"Tahsin mening tug'ilgan shahrimdan, u erda dunyodagi eng katta qabriston bor. U uyga qaytishi bilan, uni shaxsan o'zim yo'q qilaman".
"Tahsin, sen shunchaki mahluqsan — bu darvozabonning xatosi emas. Unga baqirishni va uni ayblashni bas qil. Senda ikkita o'yin va ikkita xato!"
Eslatib o'tamiz, Iroq terma jamoasi guruhdagi ikkita uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Uchinchi turda esa iroqliklar Senegal termasiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar