So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

29 mar 16:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Bir jang tarixi. Nomini oqlamagan asr jangi: Menni Pakyao - Floyd Meyvezer (FOTO+VIDEO)​

XXI asrda muxlislar tomonidan uzoq kutilgan bahs.

Tashkilotchilar jangni tashkil qilish uchun juda uzoq harakat qilishdi, ular bu super bahsni tashkil qilishlari uchun bir necha bor muzokaralar stoliga o'tirishdi. Nihoyat tashkilotchilar jangni 2015 yilda o'tkazishga erishishgan. Bu jang boks tarixida barcha rekordlarni yangilagan bahs hisoblanadi. Ko'pchilik boks kishilari tomondan bu jang «Asr to'qnashuvi» deb takidlandi, ammo...

Jang sanasi: 2015.05.02

Jang manzili: “MGM Grand”  Las-Vegas AQSH

Jangga qadar bokschilarning natijasi:

Floyd Meyvezer: 47 ta jang, barchasida g'alaba.


Menni Pakyao: 64 ta jang, 57 ta g'alaba, 5 ta mag'lubiyat, 2 ta durang.


Birinchi raundda har ikki bokschi ham ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. Bokschilar asosan jeplar bilan cheklanishga to'g'ri keldi. Ikkinchi raundda Menni ustunlikni qo'lga olishga urindi va tez-tez hujumga o'tdi, ammo zarba aniqligi borasida Floyd ancha yaxshiroq harakat qildi. Uchinchi va to'rtinchi raundlar ham o'rta tempda davom etdi. Beshinchi raundga kelib Pakyao ancha tezroq harakat qilishni boshlashga harakat qildi, lekin Meyvezer raqibiga jang qilishga imkon bermadi, u juda yopiq jang o'tayotgandi.


Oltinchi raundga kelib barcha jabhada filippinlik ustunlikka erishayotgandi, oltinchi raundda ham Menni raqibidan ko'ra ko'proq hujum qiladi. Ettinchi raundga kelib Floyd nihoyat «uyg'ondi» va raund boshlanishi bilan hujumga o'ta boshladi. Bu raundda Floyd 2-3 ta yaxshi zarbalar yo'llashga erishdi. Sakkizinchi raundga kelib, Floyd jangda o'zini ustunligini ko'rsatishga harakat qila boshladi, birin-ketin juda kuchli zarbalar aniq bora boshladi. Keyingi raundlarda bokschilar juda sekin harakat qila boshlashdi, zarbalarining kuchi va aniqligi sekinlasha va kamaya boshladi.




Hal qiluvchi raundlarda Floyd ochiqchasiga raqibidan qochishni boshladi va jang to'liq o'n ikki raund davom etdi. Jang yakunidan so'ng hakamlar bir qarordan Floyd Meyvezerning g'alabasini elon qilishdi. SHu tariqa, asr jangi bo'lishi lozim bo'lgan to'qnashuv o'z nomiga mos bo'lmadi.


Jangning eng ajoyib vaziyatlarini tomosha qiling

(TAS-IX)

Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing