27 may 11:33
Yangiliklar

Bisping o'zini bir ko'zli jangchi degan Konorga "otvet" qildi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Bispingni bir ko'zli jangchi deb atagandi. Irlandiyalik aynan Maykl mag'lub etgan Anderson Silvani UFC tarixidagi mashhur jangchilar qatoriga kiritgandi.
"Nima ham derdim, bir ko'zli jangchi aynan sen osmonga ko'targan Silvani mag'lubiyatga uchratgandi. Mabodo, esdan chiqargan bo'lsang, buni bilib qo'y. Sen uni o'z reytingingda birinchi o'ringa qo'yibsan. Konor, sening fikrlashing juda g'arib", — dedi britaniyalik Bisping.
Eslatib o'tamiz, Maykl Bisping 2016 yilning fevral oyida Anderson Silvani hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Maykl faoliyati davomida orttirgan jarohatlari oqibatida bir ko'zini "suniylashtirgan" edi.
Fikrlar