22 jan 17:10
Yangiliklar
Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari
"Bizda B reja yo'q". XOQ prezidenti Tokio olimpiadasi bekor bo'lishini inkor qildi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi rahbari Tomas Bax Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining bekor qilishga hech qanday sabab yo'q ekanligini malum qildi.
«Tokio yozgi Olimpiya o'yinlarini bekor qilish uchun hech qanday sabab ko'rmayapmiz. SHu sababli ham bizda B reja yo'q va bu musobaqani omadli va xavfsiz tashkil etishga umid qilamiz. Siz 2021 yil mart bilan 2020 yil martni taqqoslay olmaysiz, chunki ilm-fan, tibbiyot, emlash va sinovlarda juda katta yutuqlar mavjud. Bularning barchasi o'tgan yilning mart oyida yo'q. Odamzod bu kasallik bilan qanday kurashish kerakligini bilmas edi, hozirga kelib esa biz juda ko'p narsani bilamiz. SHu sababli,Olimpiya o'yinlari xavfsiz o'tishi aniq»,-dedi Tomas Bax.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar