19 sen 20:01
Yangiliklar
Futbol
Blan "Olimpiakos"ni boshqarishi mumkin
PSJ sobiq bosh murabbiyi Loran Blan "Olimpiakos" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, 56 yoshli franciyalik Greciya klubi uchun ustuvor nomzod bo'lib, unga bir yilgi uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.
Blanning so'nggi ish joyi Qatarning "Al Rayyan" klubi edi, u ushbu jamoani fevralda tark etgan. SHuningdek, u Franciya terma jamoasi va "Bordo"dagi faoliyati bilan ham tanilgan.
Kuni kecha "Olimpiakos" klubda atigi bir yarim oy bosh murabbiy bo'lib ishlagan Karlos Korberanni ishdan bo'shatdi.
"Qaroqchilar" 5 turdan so'ng Greciya chempionatida 5-o'rinni egallab turibdi. "Olimpiakos" Evropa Ligasi guruh bosqichining dastlabki ikki uchrashuvida ham mag'lub bo'ldi.
Havola :
Manba : twitter.com/NicoSchira
Fikrlar