21 iyu 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Bleyds bugungi jangda teykdaunlar bo'yicha og'ir vazn rekordini yangiladi, umumiy ro'yxatda Xabib peshqadam!
Amerikalik Kyortis Bleyds bugun AQSHdagi UFC turnirining markaziy jangida rossiyalik Aleksandr Volkovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.
Hakamlar bir ovozdan Kyortisning 48-46, 48-47, 49-46 hisobidagi g'alabasini taminlashdi. Bleyds bugungi g'alabali jangida teykdaunlar bo'yicha og'ir vazn toifasining yangi rekordini ham o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. Uning 25 ta urinishidan 14 tasi muvaffaqiyatli chiqqan, yani u Volkovni 14 marotaba parter holatiga tushirgan.
Malumot uchun, UFCda rossiyalik Xabib Nurmagomedov teykdaunlar qiroli hisoblanadi. Engil vazn chempioni uch raundlik janglarda 21 ta teykdaun bilan barcha vaznlar rekordi egasi bo'lib turibdi. Xabib ushbu rekordni 2013 yilning may oyida Abel Truxiloga qarshi jangda qayd etgandi. Bleyds bugungi natijasi bilan umumiy reytingda uchinchi o'ringa chiqib oldi.
Havola :
Fikrlar