21 may 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA, Muaytay
Bobir Tagievning Mangu Ligasidagi debyut jangi tasdiqlandi (POSTER)
Samarqand shahrida o'tkaziladigan Mangu 3 turniri uchun navbatdagi jang elon qilindi.
Musobaqada o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Bobir Tagiev ham ishtirok etadi.
U Ligadagi ilk jangini moldovalik Aleksandru Bubleyaga qarshi o'tkazadi. Yarim o'rta vazn toifasidagi bellashuv muay-tay qoidalari asosida kechadi.
Mangu 3 turnirining markaziy jangi hamyurtimiz Xotambek Boynazarov hamda portugaliyalik Renjel de Sa o'rtasida kechadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar