04 iyu 19:37
Yangiliklar

Bogdan Guskovning murabbiyi Krilov bilan jang uchun taxminini aytdi
- Bogdanning tayyorgarligi qanday ketmoqda?
- U bungacha ham yaxshi formada edi. SHunchaki uni janggacha tayyorlamoqdamiz. Tezkorlik, chidamlilik doimo kerak va asosiy etiborni shunga qaratyapmiz.
- Uning jangi uchun taxminingiz qanday?
- Faqat va faqat g'alaba. Biz faqatgina g'alaba uchun mashg'ulotlar olib boryapmiz. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas.
- Bogdan qay tarzda g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz? To'liq davom etadimi yoki finish ko'ramizmi?
- Buni oldindan aytish qiyin. Sport nimaligini juda yaxshi bilamiz. Biz hozir istalgan gapni aytishimiz mumkin. Lekin shuni aytishim kerakki, u tayyor. Ammo buni qay tarzda amalga oshiradi, o'sha payt ko'ramiz, - dedi murabbiy Olamsport.com sayti jurnalisti Aziz To'xtamurodov bilan suhbatda.
Fikrlar