08 may 21:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Abdumalik Xalakov g'alaba bilan boshladi
Yoshlar o'rtasida jahon chempioni, o'smirlar Olimpiadasi g'olibi Abdumalik Xalakov (-56 kg) "Sankt-Peterburg gubernatori kubogi"da ilk jangini o'tkazdi.
Mazkur bahsda bokschimizga rossiyalik Aleksey Kiselev raqiblik qildi. Yosh sportchimiz ringda tashabbusga ega bo'ldi va bu yakuniy hisobda ham o'z aksini topdi - 5:0!
Ushbu g'alaba orqali Xalakov chorak finalga yo'l oldi. Endi u navbatdagi jangini boshqa bir mezbon bokschi Maksim CHernishovga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar