10 may 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Abrorjon Qodirov qozog'istonlik raqibini mag'lub etib, yarim finalga chiqdi
Rossiya federaciyasining Xabarovsk shahrida boks bo'yicha Sovet Ittifoqi qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan ananaviy xalqaro turnir davom etmoqda.
Biroz avval, musobaqada -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abrorjon Qodirov qozog'istonlik Elaman Butinbaevga qarshi jang qildi. Keskin kechgan jang yakunlariga ko'ra hamyurtimiz yakunda g'alaba qozondi va yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Bugun shuningdek -69 kg vazn toifasidagi bokschimiz Bilolbek Mirzarahimov germaniyalik Mert Karakayaga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar