26 iyu 15:04
Yangiliklar

Boks afsonasida koronavirus aniqlandi
Dyuranda koronavirus infekciyasi aniqlangan. Bu malumotni bokschining o'g'li Robin ham tasdiqladi.
"Hozirgina otamning koronavirus uchun topshirgan test natijalarini oldik. Afsuski, COVID-19 taxlili ijobiy natija bergan. Yaxshiyam, shamollashdan boshqa kasallik belgilari aniqlanmagan. Eng muhimi, u hozir jonlantirish bo'limida emas, oddiy palatada muolajalarni olishni boshladi. SHunga qaramay, otam shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi", — deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Robin Dyuran.
Malumot uchun, 69 yoshli Dyuran bokschilik faoliyatida to'rtta vazn toifasida jahon chempioni bo'lgan. Professional ringda 119 jang o'tkazib, 103 tasida g'alaba (70 nokaut) qozongan.
Fikrlar