So’nggi yangiliklar

19:52Тошкент туманида "Keles Open" халқаро мусобақаси ўтказилди 0 19:31ОАВ ходимлари орасидан мерганлар аниқланди 0 19:10Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин 0 18:49WTA рейтингидаги 6 нафар теннис маликамиздан фақат бири кўтарилди 0 18:28Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатида шоҳсупага кўтарилишди 0 18:07Турки Ал аш-Шайх энди футболга ҳам сармоя киритмоқчи, у Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда 0 17:46Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда 0 17:25Нурсултон Рўзибоевнинг жанги қайси вазнда ўтказилади? 0 17:04Кирсти Ковентри расман ХОҚ президенти лавозимига киришди 0 16:43Билол Муҳаммад: "Махачев Маддаленани кураши орқали енгиши мумкин" 0 16:22"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда + ФОТО 0 16:01ATP рейтинги. Медведев Топ-10`га қайтди, икки етакчимиз кўтарилди, қолганларда "минус" 0 15:40"Olympic" спорт клуби томонидан кураш бўйича очиқ чемпионат ташкил этилди 0 15:19UzChess Cup. Бешинчи тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 14:58"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади 0

12 sen 08:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. Bir necha kundan keyin Jamshid jahon chempioniga qarshi jang qiladi

Teglar :  JamshidBoks
16 sentyabr kuni Ukraina poytaxti Kiev shahrida professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.

Mazkur jang kechasida hamyurtimiz 63.5 kg vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Jamshid Najmiddinov WBC yo'nalishining sobiq chempioni mezbonlar vakili Viktor Postolga qarshi ringa ko'tariladi. Ushbu kunga qadar “Temurlang” promouterlik klubi shafeligida janglarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Jamshid Najmiddinov professional boksda 14 marotaba jang o'tkazgan va barchasida zafar quchgan, 9 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Qolaversa,63.5 kg vazn toifasida AFCA kamarining amaldagi soxibi sanaladi. “Temurlang” promouterlik klubi raxbari Xusrav Nasrullaev garchi, raqib juda kuchli ekanligi va mezbonlik faktori ham borligiga qaramay, hamyurtimiz jobiy natijani qayd eta olishiga umid bildirmoqda.  Eslatib o'tamiz: Jamshid Najmiddinov  1991 yil 31 martda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tavallud topgan.

SHu o'rinda uning raqibi Viktor Postol haqida ham to'xtalib o'tishni lozim topdik. Ukrainalik bokschi boks olamida juda mashhur bo'lib, 2015-2016 yillar mobaynida WBC yo'nalishida chempionlik titulini ximoya qilib kelgan 2016 yil 23-iyulda Trensi Krouford bilan bo'lgan jangda mag'lubiyatga uchrab chempionlik kamaridan maxrum bo'lgan edi. Ushbu mag'lubiyat faoliyatidagi yagonasidir.


Reyting:    

Fikrlar

   
13 sen 17:25:15
Ангрен
Омад вакилимизга!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing