29 may 07:44
Yangiliklar

Boks. Boku turniri qahramonlari Toshkentda tantanali kutib olindi
Musobaqa ishtirok etgan o'zbekistonlik yosh bokschilar 8 ta oltin, 2 ta bronza medali qo'lga kiritishgandi.
Bugun ana shu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari yurtimizga qaytib kelishdi. Bokschilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati, muxlislar, sportchilarning yaqinlari ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqa davomida Humoyunmirzo Abdurasulov (-35,5 kg), Hojiakbar Mahmudov (-38,5 kg), Farrux To'laganov (-40 kg), Jamoliddiin Xoliqov (-41,5 kg), Lazizbek To'lqinov (-50 kg), Dalerjon Bozorov (-52 kg), Jahongir Narziev (-57 kg), Abdulaziz Abdurahmonov (-59 kg) oltin, Boburbek Bobojonov (-46 kg) va Jasurbek Mo'minov (-54 kg) bronza medali sohibiga aylanishdi. Bokschilarimiz musobaqada murabbiylar SHerzod Abdurahmonov va Sirojiddin Adinaev bokschiligida ishtirok etishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar