12 may 14:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Lazizbek Mullajonov Xabarovskdagi musobaqa sovrindori bo'ldi
Rossiya Federaciyasining Xabarovsk shahrida boks bo'yicha Sovet Ittifoqi qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir yakuniga etdi.
Musobaqada -91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan yosh bokschimiz Lazizbek Mullajonov hal qiluvchi jangda misrlik Rizq Mustafo Yuzriga qarshi ringga ko'tarildi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Malumot uchun, ushbu vazn toifasida boshqa bir bokschimiz Ulug'bek Mubinov bronza medali sohibiga aylangan.
Avvalroq, Abrorjon Qodirov va Bilolbek Mirzarahimov musobaqaning oltin medaliga ega chiqqandilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar