23 noy 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks, Marg'ilonda o'smirlar o'rtasida O'zbekiston kubogi davom etmoqda
SHu kunlarda Farg'ona viloyatining Marg'ilon shahrida boks bo'yicha 2004-2005 yillarda tavallud topgan o'smir bokschilar o'rtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tmoqda.
16 ta vazn toifasida tashkil etilgan bellashuvlarda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 405 nafar yosh charm qo'lqop ustasi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqda.
19 noyabr kuni boshlangan bellashuvlarda bugun chorak final bahslari tashkil etiladi. Final janglari esa 25 noyabrga rejalashtirilgan.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar