So’nggi yangiliklar

21:44"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муҳим ғалабани қўлга киритди 0 21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0

09 may 20:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. Qozog'istondagi musobaqada 8 ta medalga ega chiqdik

Teglar :  Boks
Qozog'istonning CHimkent shahrida boks bo'yicha Olimpiya o'yinlari sovrindori, Qozog'iston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustasi Muxtarxan Dildabekov sovrini uchun musobaqa nihoyasiga etdi.

2001-2002 yilda tavallud topgan bokschilar o'rtasidagi musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishdi. 

Bugun final janglari o'tkazildi va unda uch nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Final dasturidan o'rin olgan janglarda -64 kg vazn toifasidagi bokschimiz Javlonbek Yuldashev qozog'istonlik Darzan Duysebayni (3:0) mag'lub etdi. -60 kg vaznli Rahmatullo Toshpo'latov mezbon bokschi Aytjan Ashirxanga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. -75 kg vazn toifasidagi Komiljon Yusupov esa boshqa bir qozog'istonlik bokschi Erasil Jakpekovga imkoniyatni boy berdi. 

SHu tariqa, murabbiylar Hamid Tangribergenov, Sirojiddin Naimov, Botirjon Mahmudov va Hamza Avezov boshchiligida musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi CHimkentdagi musobaqada 1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi va umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi. Bu borada mezbonlar Qozog'iston terma jamoasi birinchi bo'ldi. 

Terma jamoamiz safida sovrindor bo'lgan sportchilar:

Oltin: 

-64 kg: Javlonbek Yo'ldoshev 


Kumush:

60 kg: Raxmatullo Toshpo'latov

-75 kg: Komiljon Yusupov 


Bronza:

49 kg: Avazjon Yo'ldoshev 

52 kg: Mirzabek Mirzahalilov 

81 kg: SHohjahon Abdullaev 

91 kg: Muhammadqodir Nematov 

+91 kg: SHoxrux Almatov 


O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing