18 may 19:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Sardor Muzaffarov tojikistonlik raqibga qarshi jangini yakunladi
Professional bokschimiz Sardor Muzaffarov Ekaterinburgdagi jang oqshomida ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda bokschimizga tojikistonlik Asror Vohidov raqiblik qildi. 6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Jang yakuniga ko'ra, hakamlar Asror Vohidovning g'alaba qozonganini qayd etishdi.
Malumot uchun, Sardorning prof boksda o'tkazgan janglari soni 6 taga etdi. Bungacha u 4 ta jangda g'alaba qozonib (2 ta nokaut), 1 marotaba mag'lub bo'lgandi. Bugun u ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Tojikistonlik bokschi esa uchinchi jangida uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar