So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

14 apr 14:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks tarixidan: 1867 yilgi qoidalar qanday bo'lgandi?

Teglar :  BoksBoks tarixi
1867 yili jurnalist, havaskor sportchilar klubi azosi Jon Grexem CHembers o'sha davrda London chempionati uchun bir qator qoidalar ishlab chiqdi.

Uni Jon SHolto Duglas, yani Kuinsberri 9-markizi qo'llab-quvvatlagan. O'shandan beri ushbu qoidalar uning nomi bilan bog'lanib keladi. 

Demak, Kuinsberri markizi qoidalari bilan tanishamiz (1867 yil).

U 12 banddan iborat edi:

-jang 24 futlik kvadrat maydonda o'tkazilishi lozim;

-bo'g'ish, tanasi bilan raqibni itarib yuborish, oyog'idan chalish, bosh bilan zarba berish, tirsak va tizza bilan zarba berishlar taqiqlanadi;

-har bir raund uch daqiqadan, bir daqiqalik tanaffus bilan davom etadi;

-agar bokschilardan biri yiqilsa, 10 soniya ichida birovning yordamisiz o'rnidan turishi lozim bo'ladi. Bu vaqtda raqib o'z burchagi tomon borishi kerak. Yiqilgan bokschi o'rnidan turganidan so'ng jang davom ettiriladi. Agar 10 soniya ichida bokschi jangni davom ettira olmasa, hakam unga mag'lubiyat yozadi;

-kanatlarga osilib olgan bokschi yiqilgan deb hisoblanadi;

-sekundantlar yoki boshqa kimdir raundlar vaqtida ringga chiqishi mumkin emas. Bokschilardan tashqari faqat referi ringda bo'lishi mumkin;

-bokschilar charmli, yaxshi sifatli, bir hil vaznga ega qo'lqoplarda jang qilishi lozim;

-agar qo'lqop yirtilib ketsa yoki foydalanib bo'lmaydigan holga kelsa referining talabiga ko'ra u almashtirilishi lozim;

-tizzasi erga tekkan bokschi yiqilgan deya hisoblanadi;

-poshnasi bor oyoq kiyimlardan foydalanish taqiqlanadi;

-jang bokschilardan birining g'alabasi bilan yakunlanadi (agar bokschilarga pul tikkanlar rozi bo'lsa durang ham bo'lishi mumkin);

-boshqa holatlarda "London ringi mukofoti qoidalari"dan foydalanish;


O'sha vaqtgacha boks qoidalari biroz boshqacharoq bo'lgan. Albatta o'sha vaqtdan buyon bazi qoidalarda biroz o'zgarishlar bo'lgan. Lekin, ko'rib turganingizdek, bugungi boks qoidalarining asosi 1867 yilda ishlab chiqilgan ekan.


O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing