09 may 14:56
Yangiliklar

Boks. Xabarovskdagi musobaqada uchta g'alaba va uchta mag'lubiyat
Bugun bir qator bokschilarimiz musobaqa doirasida ringga chiqishdi. 6 nafar bokschimizning 3 nafari g'alaba qozongan bo'lsa, yana shunchasi mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi.
-57 kg: Xudoynazar Fayzov - Nursulton Isaxan (Qozog'iston) (mag'lubiyat)
-69kg: Saidjamshid Jafarov - Ivan Stupin (Rossiya) (mag'lubiyat)
-69kg: Bilolbek Mirzarahimov - Taron Pogasyan (Rossiya) (g'alaba)
-81kg: Abdukarim Farmonov - Rajab Rajabov (Rossiya) (mag'lubiyat)
+91kg: Lazizbek Mullajonov - Vyacheslav Ryabov (Rossiya) (g'alaba)
+91kg: Ulug'bek Mubinov - Dmitriy Doronin (Belarus) (g'alaba)
Qayd etish lozimki, -69 kg vaznli Saidjamshid Jafarovning jangida yakuniy natijada mezbon faktori asosiy planga chiqdi. Abdukarim Farmonov mag'lub bo'lgan Rajab Rajabov esa Rossiya chempionati g'olibi hisoblanadi. Lazizbek Mullajonovning jangida esa bokschimizning ketma-ket zarbalaridan so'ng raqib murabbiylari ringga oq sochiq tashlashga majbur bo'lishdi.
Fikrlar