09 noy 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati. Musobaqa taqvimida o'zgarish bo'ldi
Xabaringiz bor, ayni paytda boks bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Ulan-Bator shahrida bo'lib turishibdi.
Avvalroq musobaqa 10 noyabr kuni boshlanishi haqida xabar qilgandik.
Biroq tashkilotchilar malum sabablarga ko'ra rejaga o'zgartirish kiritishdi. Unga ko'ra, bahslar 11 noyabr kuni boshlanadigan bo'ldi.
Musobaqa taqvimi:
10 noyabr: Mandat komissiyasi
10 noyabr: Texnik miting
10 noyabr: Qura tashlash marosimi
11 noyabr: Ochilish marosimi
11 noyabr: Saralash janglari
12 noyabr: Saralash janglari
13 noyabr: CHorak finallar
14 noyabr: CHorak finallar
15 noyabr: Dam olish kuni
16 noyabr: Yarim finallar
17 noyabr: Finallar
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar