So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

08 noy 12:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati oldidan: vazn toifalar, jang sanalari va mo'g'ul jurnalistlarining O'zbekiston mashg'ulotiga tashrifi + FOTO

10 noyabr kuni Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati start oladi.

O'zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada ishtirok etish uchun 5 noyabr kuni Ulan-Batorga etib kelgani haqida xabar bergandik. Terma jamoamiz 18 nafar bokschi bilan (10 nafar o'g'il bolalar, 8 nafar qizlar) bahslarda qatnashadi. 

Umuman olganda musobaqa 20 ta vazn toifasida tashkil etiladi: 10 ta o'g'il bolalar, 10 ta qiz bolalar. 

Bahslar quyidagi vazn toifalarida o'tkaziladi:

O'g'il bolalar: -49 kg, -52 kg, -56 kg, -60 kg, -64 kg, -69 kg, -75 kg, -81 kg, -91 kg, +91 kg.

Qizlar : -48 kg, -51 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -64 kg, -69 kg, -75 kg, -81 kg, +81 kg.

Musobaqada 2001 va 2002 yillarda tug'ilgan bokschilar ishtirok etishadi. 

Ertaga, 9 noyabr kuni musobaqaning rasmiy tadbirlari tashkil etiladi: mandat komissiyasi, texnik miting va qura tashlash marosimi. 

10 noyabr kuni esa bahslarga start beriladi. 13-14 noyabrda chorak final bahslari bo'lib o'tadi. 15 noyabrda esa sportchilar dam olishadi. 16 va 17 noyabr kunlariga esa mos ravishda yarim final hamda final bellashuvlari belgilangan.



Bahslar Ulan-Batordagi "Buyant Ukhaa" sport majmuasida o'tkaziladi.

Terma jamoamizning musobaqadagi tarkibini yana bir marotaba eslatib o'tamiz:

(Nomlarni eslab qoling, ushbu tarkibda o'zbek boksining bo'lajak yulduzlari jamlangan)

O'g'il bolalar:

-49 kg: SHahzod Muzaffarov

-52 kg: Mirzabek Mirzahalilov

-56 kg: Hurshidbek Rasuljonov

-60 kg: Rahmatullo Toshpo'latov

-64 kg: Javlonbek Yo'ldoshev

-69 kg: Nurislom Ismoilov

-75 kg: Suhrobjon Qayimov

-81 kg: SHohjahon Abdullaev

-91 kg: Amirshoh Samadov

+91 kg: Mirmuhsin Mahmudov

Katta murabbiy: Hamid Tangribergenov

Murabbiylar: Sirojiddin Naimov, Hamza Avezov, Botirjon Mahmudov, Ahror Yodgorov, Sardor Abdullaev.


Qizlar:

-48 kg: Marjona Savrieva

-51 kg: Saydiniso Muhammadalieva

-54 kg: Nasiba Hayrullaeva

-57 kg: Sitora Turdibekova

-60 kg: Ziyoda Yarasheva

-64 kg: Dilfuza Bekova

-69 kg: Xadichabonu Abdullaeva

-75 kg: Navbahor Hamidova

Katta murabbiy: Kamoliddin Mutalov

Murabbiylar: Dilmurod Hasanov, Murod Haytov, SHahzoda Umarova.

SHifokor: Xurshid Mirgaliev

Qahramon Karimov chempionatda hakam sifatida faoliyat olib boradi. 

Musobaqada vakillarimizga mezbon Mo'g'uliston, Qozog'iston va Hindiston terma jamoalari asosiy raqobatni ko'rsatishlari kutilmoqda. 


Ayni paytda bokschilarimiz Mo'g'ulistonda mashg'ulot olib borishmoqda


Terma jamoa shifokori Hurshid Mirgaliev ham bokschilarimiz bilan birga


Bu esa Tmun. Mo'g'ulistonlik maktab o'quvchisi. Terma jamoamizga "volontyor" sifatida biriktirilgan. Rus tilini juda yaxshi biladi


Kuni kecha mashg'ulotlarga mahalliy OAV xodimlari ham tashrif buyurishdi


Mahalliy jurnalistlar terma jamoamiz katta murabbiyi Hamid Tangribergenovdan intervyu olishmoqda


Aziz To'xtamurodov, Ulan-Bator, Mo'g'uliston

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing