11 may 16:54
Yangiliklar

Boks yulduzlaridan yilning eng yoqimli akciyasi FOTO
"Top Rank" hamda bir qator meksikalik bokschilar yilning eng yoqimli akciyasini uyushtirishdi. Gap shundaki, Migel Berchelt (Ikkinchi engil vazn toifasida WBC kamari sohibi), Emanuel Navarrete (engil vaznda WBO kamari sohibi) va Fransisko Vargas (sobiq jahon chempioni) Arizonadagi mahalliy "Diamond" kasalxonasiga tashrif buyurib, kasal bolakaylarga sovg'alar ulashdi.
Bokschilar bemorlar bilan suhbatlashishdi, ularga yumshoq o'yinchoqlar sovga qilishdi, kamarlarini ko'rsatishdi. Bunday uchrashuvlar bokschilarga ham manzur keldi.
"Bunday tadbirlar bizga katta ishtiyoq beradi. Bolalar hayoti uchun kurashayotganini o'z ko'zimiz bilan ko'rdik. Ular haqiqiy jangchi, buyuk jangchilar. Ular bizga kuch beradi. Men ularni har birini ringda ko'z oldimga keltiraman, ular menga kuch berishadi", - dedi Berchelt.
Malumot uchun, yakshanba oqshomida Berchelt himoya jangini Vargasga qarshi ringga ko'tariladi, Navarrete esa afrikalik Ayzek Dogboga qarshi jang qiladi.
Fikrlar
...