13 may 07:26
Yangiliklar

Bokschi qizlarimiz xalqaro turnirda 3 ta oltin medalni qo'lga kiritishdi
Musobaqada 2001-2003, 2003-2004-yillarda tug'ilgan qizlar ishtirok etdi. Rossiya, Tojikiston va qozog'istonlik sportchilar qatnashgan ushbu xalqaro turnirda yurtimiz sharafini Ulug'bek Baratov murabbiyligida bokschi qizlarimiz Sabina Boboqulova, Nigina O'ktamova, Nasiba Xayrullaeva, SHoira SHirinova, Sabrina Negmatullaeva va Lenara Abdumurodova himoya qilishdi.
O'tkazilgan janglarda barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchrata olgan Nigina O'ktamova (52 kg) hamda Nasiba Xayrullaeva (57 kg) musobaqaning oltin medali bilan taqdirlangan bo'lsa, Sabina Boboqulova (48 kg) ga musobaqaning oltin medalidan tashqari, eng yaxshi ishtirokchisi sifatida kubok va pul mukofoti topshirildi.
Saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan SHoira SHirinova (64 kg) va Lenara Abdumurodova (51 kg) yarim finalda raqiblariga imkoniyatni boy berib uchinchi o'rinni egallashdi.
Fikrlar