23 noy 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Kubadagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yakunlab, O'zbekistonga qaytib kelishdi + FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, boks bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inlari olib borish uchun Kubaga jo'nab ketgandi.
Vakillarimiz Gavana shahrida jahon boksida o'z nufuziga ega bo'lgan kubalik bokschilar bilan birga mashg'ulotlar olib borishdi. SHuningdek, vengriyalik charm qo'lqop ustalari ham bokschilarimiz bilan birga shug'ullanishdi, sparring janglar tashkil etildi.
Bugun bokschilarimiz ushbu yig'inni yakunlab, yurtimizga qaytib kelishdi.
Reja bo'yicha kelasi haftadan navbatdagi yig'in boshlanadi. "Yangiobod" bazasida tashkil etiladigan navbatdagi yig'inda bokschilarimiz fevral oyida Xitoyda tashkil etiladigan licenzion musobaqaga tayyorgarlik olib borishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar